Xorazm viloyati, Tuproqqal'a t, Pitnak shahri K.Otananiyazov ko’chasi 7a-uy

Qozog‘iston Respublikasida baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Xorazm viloyati vakili Xonzoda Erkinova yuksak natijalarni qayd etdi.

U musobaqaning U-23 yosh toifasida:
🥈 C-2 200 metr masofada — kumush medal,
🥉 C-2 500 metr masofada — bronza medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Bugun Osiyo chempionati sovrindori Xonzoda Erkinova Urganch xalqaro aeroportida oila a’zolari, yaqinlari, Xorazm viloyati Sport boshqarmasi, sport federatsiyalari hamda sport ta’lim muassasalari vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Sportchimizning ushbu muvaffaqiyati viloyat sporti rivojiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, kelgusi musobaqalarda ham unga ulkan zafarlar tilaymiz. 🇺🇿🏆

Manzil

  • Xorazm viloyati, Tuproqqal'a t, Pitnak shahri K.Otananiyazov ko’chasi 7a-uy
  • +998 (97) 299-18-11
  • info@tuproqqala-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Manzili