


amarqand shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan (U-18) o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha 2026-yilgi O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning qizlar bahslarida Xorazm viloyati terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Jamoani murabbiy Mansurbek Bobojonov boshqarib bordi.
E’tiborlisi, Xorazm gandbolchilari o‘tgan yili musobaqani bronza medali bilan yakunlagan bo‘lsa, bu yil o‘z natijalarini yanada yaxshilab, bir pog‘ona yuqorilashga erishdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rindan joy oldi.
Ta’kidlash joizki, Xorazm viloyati terma jamoasining asosiy tarkibini Urganch tumanidagi 19-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda SOTEAISM tarbiyalanuvchilari tashkil etdi.