Xorazm viloyati, Tuproqqal'a t, Pitnak shahri K.Otananiyazov ko’chasi 7a-uy

      Joriy yilning 12-oktabr kuni Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi madaniyat va istirohat bog‘ida uch kilometr masofaga “Talaba yugur” poygasi bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi sakkizta oliy ta’lim muassasasi vakillaridan iborat ming nafardan ortiq talaba, professor-o‘qituvchi va xodimlar start chizig‘iga chiqdi. Poyga ishtirokchilari bog‘dagi eng katta favvoradan boshlab, butun yo‘nalish Shovot kanali qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra dastlabki uch o‘rinni egallagan g‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari sohibi bo‘lishdi.

 1-o‘rin uchun 5 000 000 so‘m
 2-o‘rin uchun 3 000 000 so‘m
 3-o‘rin uchun 2 000 000 so‘m

Poyga natijalari bilan Yugur (http://www.yugur.uz/) platformasida tanishish mumkin.


Manzil

  • Xorazm viloyati, Tuproqqal'a t, Pitnak shahri K.Otananiyazov ko’chasi 7a-uy
  • +998 (97) 299-18-11
  • info@tuproqqala-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Manzili